Yurtimizda uyg‘onish, yasharish, yangilanish ayyomi – Navro‘zi olam nafasi ufurib turibdi. Xalqimiz ushbu qutlug‘ shodiyonani har yili o‘zgacha shukuh va kayfiyat bilan qarshi oladi. Allohga shukurki, ona-yurtimiz tinch, mamlakatimiz obod. Ana shunday ozod yurtning obod manzillarida esa sizu biz azaliy ayyom – Navro‘zi olamni zo‘r quvonch va katta xursandchiliklar ila qarshi olmoqdamiz.

Ushbu fursatdan foydalanib Sizlarni yangilanish va yosharish ayyomi bo‘lmish Navro‘z umumxalq bayrami bilan muborakbod etaman. Yurtimiz ravnaqi va xalqimizning farovonligi yo‘lida amalga oshirayotgan ezgu ishlaringizda omad yor bo‘lsin!

Hurmat va ehtirom ila, Buxoro shahri kasbiy ko’nikmalar markazi direktori A.A.Umarov

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *