Ayni daqiqalarda “Somoniylar” madaniyat va istirohat bogʼi hududida band boʼlmagan aholini, jumladan maktab, kasb-hunar kollej va oliy taʼlim bitiruvchi yoshlarni ish bilan taʼminlash maqsadida viloyat mehnat yarmarkasi boʼlib oʼtmoqda.

Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan yarmarkada shahar va tumanlardagi korxona va tashkilotlar, hususiy sektor korxonalari oʼzlarida mavjud boʼsh ish oʼrinlari bilan ishtirok etmoqda.